Главная » Файлы » Dars ishlanmalar » 3-sinf

YIL, OY, HAFTA
[ Скачать с сервера (2.92 Mb) ] 2015-03-31, 0:15 AM

DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI

 

Mavzu: YIL, OY, HAFTA

Mavzuga oid tayanch tushunchalar:Yil, oy, hafta, kunlari, fasl.

Mavzuga ajratilgan vaqt: 45 minut

Mavzuning qisqacha ta’rifi: o’quvchilarga yil, oy, hafta kunlari yuzasidan bilim berish.

O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

Dars turi: Yangi bilim beruvchi.

Metod: suhbat, savol-javob, muammoli izlanish metodlaridan foydalanish.

SHakl: Jamoa, guruh bilan va har bir o’quvchi bilan ishlash, qiziqarli o’yin.

Jihoz: 3-sinf matematika darsligi, mavzu asosida tayyorlangan slayd, ko’rgazmali materiallar.

Nazorat: Og’zaki nazorat, savol-javob, kuzatish, o’zini-o’zi nazorat qilish.

Baholash: O’quvchilar 5 ballik reyting tizimida baholanadi. 

Darsning maqsad va vazifalari

Maqsadlar:

Ta’limiy:  O’quvchilarni yil, oy, hafta kunlari yuzasidan bilimlarini mustahkamlash.

Tarbiyaviy: Har bir matematik muammolarni ahillik, birodarlik, hamjihatlik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: Matematik topshiriqlarni bajarish orqali o’quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.

Kutilayotgan natija:

Dars yakunida o’quvchilar yil, oy, hafta yuzasidan yangi bilimlarga ega bo’ladilar. Mantiqiy fikrlashga o’rganadilar.

Dars jarayoni va texnologiyasi

Ishning nomi

Bajariladigan ish nomi

Metod

Vaqt

1-bosqich.  Tashkiliy qism

O’quvchilar davomati aniqlanadi.

Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

Ma’naviyat daqiqasi o’tkaziladi.

Suhbat

2 daqiqa

2-bosqich. 

(Reflektsiya)

Ehtiyojlarni aniqlash

Dars davomida rioya qilinishi lozim bo’lgan qoidalar belgilanadi.

Dars shiori e’lon qilinadi.

 

Munozara

2 daqiqa

3-bosqich.

O’tilgan mavzuni mustahkamlash

 

 

 

 

    4-bosqich.

Yangi mavzu bayoni.

 

  1. a) Uy vazifasini tekshirish.

b) O’tilgan mavzuni mustahkamlash.

 

 

 

Savol javob

 

3 daqiqa

5 daqiqa

 

 

 

573-misol asosida og’zaki savol-javob o’tkaziladi.

 

574-misol ham og’zaki savol javob asosida so’raladi.

 

575 –misollarni ustuncha shaklida qo’shish xattaxtada o’quvchilar tomonidan navbatma-navbat ishlanadi. 

576-misol o’quvchilar bilan og’zaki savol javob qilinadi. Uchburchaklar turlari bo’yicha guruhlanadi.

Dam olish daqiqasi. Slayd orqali namoyish etiladi.

577- masala shartiga ko’ra o’qituvchi tomonidan tushuntiriladi. O’quvchilar tomonidan har bir faslda nechta kun borligi aniqlanib, shu asosida bir yilda necha kun borligi aniqlanadi.

578 – misoldagi boshqotirma o’quvchilar tomonidan mustaqil ishlanadi

 

Savol-javob

 

 

Tushun-

tirish.

 

Amaliy

 

 

 

Muammoli izlanish

 

 

 

Muammoli izlanish

 

 

Muammoli izlanish

 

3 daqiqa

 

 

3 daqiqa

 

4 daqiqa

 

 

 

5 daqiqa

 

 

 

2 daqiqa

 

 

4 daqiqa

 

 

 

5 daqiqa

 

5-bosqich.

Mustahkamlash

 

 

Mavzuga oid topishmoqlar beriladi. Javoblari o’quvchilar tomonidan topiladi.

 

 

Muommoliizlanish.

 

2 daqiqa 

6-bosqich. Baholash.

1. O’quvchilarning darsda ishtiroki hisobga olinib, reyting bali e’lon qilinadi.

2. Dars yakunlanadi.

 

1 daqiqa

 

  1 daqiqa 

7-bosqich.

 Uyga vazifa

 579-580 misol va masalalar beriladi.

Uyga vazifani o’quvchilarga tushuntirib beriladi.

Tushun-     tirish

 

2 daqiqa

                                                                                             

 

 

 

Darsning borishi:

           1.Tashkiliy qism:

  Salomlashiladi.

 Davomat aniqlanadi.

O’quvchilar darsga hozirlanadi.

          Shundan so’ng darsda rioya qilinishi lozim bo’lgan qoidalar e’lon qilinadi.

          O’qituvchi: Aziz o’quvchilar darsni boshlashdan oldin darsimizning oltin qoidalarini eslatib o’tsam. Bular

1. Intizom

2.Ahillik

3.Faollik

4. Aniqlik

5. O’ng qo’l qoidasi

6. Boshqalar fikrini hurmat qilish (Slayd orqali ham namoyish etiladi)

 

          Endi bugungi darsimiz shiorini e’lon qilsam.

     Dars shiori e’lon qilinadi.

            Bilim kuchda, kuchbilimda.

 

               2. Uyga vazifani mustahkamlash.

         

          O’qituvchi: o’quvchilar uyga qanday vazifa berilgan edi?

          O’quvchi: uyga 571-, 572 -misollar berilgan.

          O’qituvchi: Hamma bajarib keldimi?

          O’quvchilar:Ha

          Misollarni javobini og’zaki tekshirish. Bunda o’quvchilar o’zlari javoblarini tekshiradilar. To’g’ri javoblarni aniqlaydilar. Agar ikkala misol birgalikda to’g’ri bo’lsa “5”ball, javoblar  qisman to’g’ri bo’lsa “4”ball, undan ham past bo’lsa “3”ball qo’yiladi.

                                                                                             

               3. Yangi mavzu bayoni:

 

             Darslikdagi 573-misolda berilgan savollar asosida oquvchilar bilan savol-javob o’tkaziladi.

  • Bir yilda nechta fasl bor? Ularning nomini ayting
  • Qish, bahor, yoz, kuz
  • Har bir faslning oylari nomini ayting
  • .......
  • Bir yil necha oydan iborat?
  • 12 oydan
  • Bir hafta necha kun?
  • 7 kun

              Haftaning har bir kuni nomini ayting

              .......

 

            Savol javobdan so’ng,  Darslikdagi qoida eslatiladi.

 

 

 
  Подпись: 1 yil = 365 sutka. Har to’rt yilda bir marta 1 yil = 366 kun bo’ladi.
1 yilda 12 ta oy bor: yanvar, fevral, mart, aprel, may, iyun, iyul, avgust, sentabr, oktabr, noyabr, dekabr.
1 hafta = 7 kun: dushanba, seshanba, chorshanba, payshanba, juma, shanba, yakshanba.

 

 

 

 

 

 

 

           

                574- misol o’quvchilarga og’zaki savol-javob asosida o’tkaziladi.

 

  1. 2 yil necha oy? 3 -yilchi? 5-yilchi?
  2. 3 hafta necha kun? 5 haftachi? 8 haftachi?

            

             575- misol xattaxtada o’quvchilarga mustaqil ishlatiladi.

 

 

              576 – misol  o’quvchilarga og’zaki bajartiriladi.

              Rasmdagi uchburchaklarni turlariga qarab  ajrating.

 

 

 

                Dam olish daqiqasi o’tkaziladi. (slayd orqali namoyish etiladi)

 

 

         Darslikdagi 577- misolni o’quvchilar mustaqil tarzda ishlatiladi

          Har bir faslda nechta kun borligi aniqlanib, shu asosida bir yilda necha kun borligi aniqlang.

         Xattaxtada o’quvchilar chiqib, har bir oyning kunlarini yozib chiqadilar va ularni jamlab,  bir yilda necha kun borligini hisoblab chiqadilar.

         Yanvar – 31 kun                                                iyul – 31 kun

         Fevral – 28 (29) kun                                           avgust – 31 kun

         Mart – 31 kun                                                    sentabr – 30 kun

         Aprel – 30 kun                                                   oktabr – 31  kun

         May – 31 kun                                                     noyabr – 30 kun

         Iyun – 30 kun                                                     dekabr – 31 kun

        

         31+28 (29)+31+30+31+30+31+31+30+31+30+31=365 (366) kun

         Jami: 365 (366) kun

           578 – masalada berilgan boshqotirma o’quvchilarga mustaqil ishlatiladi (slayd orqali namoyish etiladi)

 

          

 

               5. Yangi mavzuni mustahkamlash (slayd asosida )

 

                   Yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida mavzuga oid topishmoqlar beriladi. O’quvchilar tomonidan uning javoblari topiladi.

 

                 Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni baholab, rag’batlantiriladi.

 

004                         011                        013

 

7. Uyga vazifa berish.

Uyga vazifa sifatida darslikdagi  579 – misol va 580- masala beriladi.

 

             .Darsimiz tugadi. Salomat bo’ling.

 

                                          

 

Категория: 3-sinf | Добавил: 15
Просмотров: 1061 | Загрузок: 11 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar