Darsning texnologik xaritasi
|
Mavzu: 9 sonini mutahkamlash
|
|
Mavzuga oid tayanch tushunchalar:9 soni. Taqqoslash, qo’shish,ayirish.
Mavzuga ajratilgan vaqt: 45 minut
|
|
Mavzuning qisqacha ta’rifi: 9 sonini mustahkamlash maqsadida misol va masalalar yechish
|
|
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Dars turi: Mustahkamlovchi.
Metod: og’zaki, savol-javob, suhbat metodlardan foydalanish.
SHakl: Jamoa, guruh bilan va har bir o’quvchi bilan ishlash, qiziqarli o’yin.
Jihoz: 2-sinf matematika darsligi, mavzu asosida tayyorlangan slayd, ko’rgazmali materiallar.
Nazorat: Og’zaki nazorat, savol-javob, kuzatish, o’zini-o’zi nazorat qilish.
Baholash: O’quvchilar 5 ballik reyting tizimida baholanadi.
|
|
Darsning maqsad va vazifalari
|
|
Maqsadlar:
|
|
Ta’limiy: O’quvchilarni 9 raqami yuzasidan egallagan bilimlarini mustahkamlash.
Tarbiyaviy: Oquvchilarni vatanga muhabbat, sdoqat ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Matematik topshiriqlarni bajarish orqali o’quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
|
|
Kutilayotgan natija:
|
|
Dars yakunida o’quvchilar 9 raqamini hosil qilish yuzasidan yangi bilimlarga ega bo’ladilar. Mantiqiy fikrlashga o’rganadilar.
|
|
Dars jarayoni va texnologiyasi
|
|
Ishning nomi
|
Bajariladigan ish nomi
|
Metod
|
Vaqt
|
|
1-bosqich. Tashkiliy qism
|
O’quvchilar davomati aniqlanadi.
Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.
Ma’naviyat daqiqasi o’tkaziladi.
|
Suhbat
|
2 daqiqa
|
|
2-bosqich.
(Reflektsiya)
Ehtiyojlarni aniqlash
|
Dars davomida rioya qilinishi lozim bo’lgan qoidalar belgilanadi.
Dars shiori ishlab chiqiladi.
|
Munozara
|
2 daqiqa
|
|
3-bosqich.
O’tilgan mavzuni mustahkamlash
|
- a) Uy vazifasini tekshirish.
b) O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
|
Savol javob (tarqatma materiallar asosida)
|
3 daqiqa
5 daqiqa
|
|
4-bosqich.
Yangi mavzu bayoni.
|
|
|
|
|
6- misolni uechish
O’qituvchi proyektorda ko’rsatilgan 6-misolni og’zaki tushuntirib beradi.
7-misolni tushuntirib yechish . (yozma)
 8 + = 9 1+ = 9
Dam olish daqiqasi. Slayd orqali namoyish etiladi (9 soni haqida she’r)
8-misol. Taqqoslash
O’quvchilar mustaqil ravishda ushbu misolni bajaradilar.
   9 8 7 8 6 6 9 3
8 9 8 9 9 9 3 9
Matematik daftar bilan ishlash
|
Tushun-
tirish.
Muommoli izlanish
|
6 daqiqa
3 daqiqa
3 daqiqa
8 daqiqa
4 daqiqa
|
|
5-bosqich.
Mustahkamlash
|
Og’zaki 9 sonini hosil qilishga doir masalalar tuzdiriladi.
|
Muammoliizlanish.
|
3 daqiqa
|
|
6-bosqich. Baholash.
|
1. O’quvchilarning darsda ishtiroki hisobga olinib, reyting bali e’lon qilinadi.
2. Dars yakunlanadi.
|
|
2 daqiqa
2 daqiqa
|
|
7-bosqich.
Uyga vazifa
|
9-misol beriladi.
Uyga vazifani o’quvchilarga tushuntirib beriladi.
|
Tushun- tirish
|
2 daqiqa
|
Darsning borishi
1.Tashkiliy qism:
Salomlashiladi.
Davomat aniqlanadi.
O’quvchilar darsga hozirlanadi.
O’qituvchi: Aziz o’quvchilar darsni boshlashdan oldin darsimiz shiorini e’lon qilsam.
Dars shiori e’lon qilinadi.
Qiziqarli misollarni yechamiz,
Matematika sirlarini ochamiz
O’qituvchi: Bugungi darsimizda faol ishtirok etgan o’quvchilar quyidagicha baholanadilar.
.
2. Uyga vazifani mustahkamlash.
O’qituvchi: o’quvchilar uyga qanday vazifa berilgan edi?
O’quvchi: uyga 5-misol berilgan.
O’qituvchi: Hamma bajarib keldimi?
O’quvchilar:Ha
Misolni javobini og’zaki tekshirish. Bunda o’quvchilar o’zlari javoblarini tekshiradilar. To’g’ri javobni aniqlaydilar. So’ng baholanadilar.
Uyga vazifani mustahkamlash maqsadida berilgan ko’rgazmalar orqali 9 sonini hosil qilish haqida misollar beriladi. (slayd orqali namoyish etiladi)
3. Yangi mavzu bayoni:
Proyektorda “9 sonini mustahkamlash mavzusiga doir 6-misol namuna qilib ko’rsatiladi. O’qituvchi tomonidan tushuntirib beriladi.

Darslikdagi 7-misolni xattaxtada sxemasi yozib qo’yiladi va o’qituvchi tomonidan tushuntirib beriladi. Shu asosda o’quvchilar misolni yechib boradilar. O’qituvchi tomonidan nazorat qilib boriladi.

Daftar bilan ishlash
O’qituvchi: O’quvchilar matematika daftarimizni ochamiz va berilgan vazifani bajaramiz.
Yangi mavzuni mustahkamlash
Dam olish daqiqasida 9 sonini hosil qilshga doir she’r o’rgatiladi. Shu orqali mavzu mustahkamlanadi.

Darsni yakunlash
Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni baholab, rag’batlantiriladi.
Uyga vazifa berish.
Darslikdagi 9-masalani bajarib kelish.
O’qituvchi tomonidan uyga vazifa tushuntiriladi.

O’qituvchi: Darsimiz tugadi. Salomat bo’ling.
|